O‘zbekiston Inson taraqqiyoti indeksida o‘z mavqeini yomonlashtirdi

eʼlon qilindi
Rasm: Roman Fedotov/Kursiv

O‘zbekiston 2022-yil uchun Inson taraqqiyoti indeksida 193-o‘rin ichida 106-o‘rinni egalladi, bu 2021-yilga nisbatan bir pog‘ona past.

Reyting BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tayyorlangan. Ushbu indeks davlatlarni uchta mezon asosida baholaydi: umr ko‘rish davomiyligi, ta’lim va aholi jon boshiga sotib olish qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi milliy daromad.

Indeksga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining o‘rtacha umr ko‘rish muddati 71 yoshni tashkil qiladi. Hayotni 12 yil o‘qishga sarflanadi. Aholi jon boshiga yalpi daromad $8 ming baholanmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston eng yaxshi natijani qayd etgan – 67-o‘rin, Turkmaniston – 94, Qirg‘iziston – 117, Tojikiston – 126-o‘rin.

Shu bilan birga, Shveytsariya, Norvegiya va Islandiya reytingda yetakchilik qildi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan va Somalida.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston 2023-yil uchun demokratiya reytingida 148-o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek