Yangiliklar

Silk Avia aviaparki yana bitta samolyot bilan to‘ldirildi

Samolyot tez orada parvozlarni boshlaydi
Foto: Uzbekistan Airways

Silk Avia aviakompaniyasi yangi ATR 72-600 samolyotini oldi, deb xabar berdi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

«Yangi layner allaqachon Silk Avia parvozlar jadvaliga kiritilgan va yaqin kunlarda ilk parvozini amalga oshiradi».— deyiladi xabarda.

ATR 72-600 550 km/soat tezlikda 1,4 ming kmgacha bo‘lgan masofaga 70 tagacha yo‘lovchini olib o‘ta oladi. 2024-yil fevral oyi boshida kompaniya parki to‘rtta samolyotdan iborat edi.

Eslatib o‘tamiz, Silk Avia Uzbekistan Airports tomonidan 2021-yil kuzida yaratilgan. Bu haqda «Uzbekistan Airports» va BAAdagi «HAS Aviation GT» MChJ oʻrtasida shartnoma imzolandi.

2023-yil oktabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Silk Avia aviakompaniyasini Uzbekistan Airways «qizi» – Uzbekistan Helicoptersga berish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil fevral oyi boshida Silk Avia Toshkentdan Samarqandga parvozlarni boshlaganini yozgan edi.