Chirchiqning sobiq hokimi “O‘zavtosanoat” raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

eʼlon qilindi
U mart oyi o‘rtasida shahar hokimi lavozimidan ozod etilgan edi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Chirchiq shahrining sobiq hokimi Davron Hidoyatov «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, Hidoyatov 15 mart kuni Chirchiq hokimi lavozimidan ozod etilgan edi. Murodjon Abdurahimov shaharga yangi rahbar etib tayinlandi.

Avvalroq Kursiv Ohangaron viloyatining yangi hokimi etib Muzaffar Rajabboyev saylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek