Ekologik partiya avtomobillarni yomg’ir suvi bilan yuvishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Mintaqada suv tanqisligi fonida
Rasm: Shutterstock

Yomg‘ir suvidan ishlab chiqarish va uy sharoitida foydalanish evaziga O‘zbekistonda kuniga o‘rtacha 130 litr ichimlik suvi sarfi bilan 71 litr ichimlik suvi tejash mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Ekologik partiyasi.

 «Agar biz hozir toza ichimlik suv sarflayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, maishiy, uy-xo‘jaligi, avtomobillarni yuvish kabilar yog‘ingarchilik suvi hisobidan bo‘lsa, mamlakat bo‘yicha sezilarli miqdorda toza ichimlik suv tejaladi.», — deyiladi bayonotda.

O‘zbekistonda  yog‘ingarchilikning o‘rtacha yillik hajmi 186 mm.ni, xususan, mamlakatning adir va tog‘oldi qismlarida 300-550 mm.ni tashkil etadi. Tog‘li hududlarda esa yanada yuqori – 800-900 mm.gacha yetib, 70-90 kungacha yog‘ingarchilik kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 kvadrat metr tom sathidan o‘rta hisobda 186 litrga teng yomg‘ir suvini to‘plash mumkin.

Bugungi kunda Yer yuzida 1,1 milliardga yaqin odam suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. Birgina Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil ichida global iqlim o‘zgarishi natijasida muzliklar maydoni qariyb 30 foizga qisqardi. O‘zbekiston «suv stressidan» aziyat chekayotgan 164 davlat orasida 25-o‘rinni egalladi.

«Bu «yuqori» darajada suv tanqisligiga uchragan davlatlar qatoridamiz deganidir».—partiyada alohida ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zR Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti suv sifatini baholash, uni tozalash tizimlari va baliq yetishtirish uchun suv isitgichlarini baholash uchun BMTTD va Yevropa Ittifoqidan asbob-uskunalar olgan edi.

Shuningdek