Striming platformalari giganti — Netflix 2024-yilda Shimoliy Amerikadan tashqarida teleseriallar, filmlar va oʻyinlar ishlab chiqarish uchun taxminan $7,9 milliard yoʻnaltiradi. Bu kompaniyaning yillik byudjetining yarmidan koʻpini tashkil etadi. Bu haqda Variety nashri Ampere Analysis tadqiqotiga tayanib, xabar bermoqda.
Bu Netflix tarixida birinchi marta xarajatlarning bunday qayta taqsimlanishidir. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, kompaniya siyosati televizion bozorda kuzatilayotgan umumiy tendensiyaga mos keladi. Kontent yaratuvchilar strategiyalarni qayta koʻrib chiqmoqda va Amerika ishlab chiqarishiga kamroq pul ajratmoqda. Amper Analysis hisob-kitoblariga koʻra, bu yoʻnalish kelgusi besh yil ichida moliyalashtirishning taxminan 20 foizini yoʻqotadi.
Bu holatning bir necha sabablari bor. Birinchidan, amerikalik auditoriya soʻnggi yillarda chet tilidagi kontentga nisbatan toqatliroq boʻldi. Ikkinchidan, xorijda filmlar, oʻyinlar va seriallar ishlab chiqarish arzonroq. Uchinchidan, rivojlanayotgan bozorlar AQSh striming kompaniyalari uchun tobora qiziqarli boʻlib bormoqda.
Netflixʼning 2024-yil uchun umumiy byudjeti $15,4 milliardni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Netflix, CNN, BBC Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib qilishi haqida xabar bergan edi.