Yangiliklar

Oʻzbekistonda muddati oʻtgan eksport mahsulotlariga qarshi kurash kuchaytiriladi

Bu uchun uch yillik dastur ishlab chiqiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev eksport qilinayotgan muddati oʻtgan va sifatsiz mahsulotlarga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda davlat rahbari Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligida boʻlgan tashrifida chogʻida ma’lum qildi.

Buning uchun Vazirlar Mahkamasi uch yillik dastur ishlab chiqishi kerak boʻladi.

«Bu borada ham klaster tizimi boʻlishi kerak. Taʼlimdan boshlab, mahsulotlarni ekish, oʻgʻitlash, terib olib, saralashgacha boʻlgan hamma bosqichlarni oʻzaro muvofiq va yuqori sifatda yoʻlga qoʻyish zarur», – dedi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari eksportyorlar qimmatroq bozorlarga chiqishlari kerakligini ham qoʻshimcha qildi.

Tashrif chogʻida prezidentga pestitsidlar aylanishi bilan bogʻliq barcha jarayonlar raqamlashtirilganligi maʼlum qilindi. Bu sifatsiz dori vositalarini olib kirish va noqonuniy savdosini toʻxtatishga yordam beradi.

Avvalroq prezident qonunchilik bazasi va davlatlararo kelishuvlarga qaramay, oʻzbekistonlik eksportyorlar uchun mahsulotlarni xorijga sotish qiyinlik tugʻdirayotgani haqida aytgan edi.