Oʻzbekistonga sayyohlar oqimi 12 foizga oshdi
2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 974,2 ming nafarni tashkil etdi va yillik oʻsish 11,9 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Turistlarning asosiy qismi Markaziy Osiyo davlatlaridan — Tojikiston – 363,3 ming, Qirgʻiziston – 291,1 ming, Qozogʻiston – 155,9 ming nafar kishi tashrif buyurgan.
Yil boshidan buyon mamlakatimizga eng kam sayyoh Xitoydan – 5,5 ming, Janubiy Koreyadan – 5,4 ming va Belarusdan – 2,2 ming nafar kishi tashrif buyurgan.
Eslatib oʻtamiz, bu yil mamlakatimizga 10 million sayyoh kelishi kutilmoqda. 2023-yil oktyabr holatiga koʻra, respublikaning turizm sanoatiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi $1 milliardga yetdi.
Avvalroq «Kursiv» xorijdan kelgan mehmonlar uchun mamlakatimizda «Oʻzbekiston – mening ikkinchi uyim» viza tizimi ishga tushishi haqida xabar bergan edi.