Rossiya prezidentlik saylovlarida kim ko‘proq ovoz yig‘di
Ovoz berishning 100 foiz natijalariga koʻra, Rossiya Federatsiyasining amaldagi rahbari Vladimir Putin prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi. Uning ovozlar natijasi 85,13 foizni tashkil etdi.
Avvalroq «Kommersant» Markaziy saylov komissiyasi (MSK) maʼlumotlariga tayanib, ikkinchi oʻrinni RF Kommunistik partiyasidan nomzod Nikolay Xaritonov (4,28 foiz), uchinchi oʻrinni «Yangi xalq» partiyasidan nomzod Vladislav Davankov (3,85 foiz) egalladi, deb xabar berdi. Liberal-demokratik partiyadan nomzod Leonid Sluskiy 3,16 foiz ovoz oldi (protokollarning 95% hisoblash natijalariga ko’ra).
Bir qator xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya va Polshada Rossiya prezidentlik saylovlari erkin oʻtmaganligi aytilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, saylovchilarning yakuniy ishtiroki 74,22 foizni tashkil qilgan.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi Rossiya elchixonasida tashkil etilgan saylov uchastkasida uzunlar navbat yuzaga kelgani haqida xabar bergan edi (foto).