Toshkentda hamyonbop narxlardagi o‘ndan ortiq yarmarka tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Navro‘z bayrami arafasida
Rasm: Roman Fedotov/Kursiv

Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridagi 11 ta manzilida arzon narxlarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.

Bektemir, Mirobod, Mirzo-Ulug‘bek, Sergeli, Olmazor, Uchtepa, Shayxontohur, Yashnobod, Yunusobod, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridagi bozorlarda savdo maydonchalari faoliyat yuritadi.

Bayram kunlari yarmarkalarda madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

 Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda Navro‘z bayramini nishonlash dasturi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek