Uchtepa tumani «Xalq Nazorati» reytingida 8,15 ball toʻpladi va Toshkent shahrida eng yaxshi deb topildi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi.
Reytingni tuzishda tumanlar bo‘yicha muddati o‘tgan va hal etilgan masalalar inobatga olindi.
Toshkentning Yunusobod, Yakkasaroy va Bektemir tumanlari eng muammoli tuman bo‘lib chiqdi.
15-mart holatiga ko‘ra, mas’ul idoralarga Toshkent shahri aholisidan 9,3 mingta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati uy-joy kommunal xo‘jaligi muammolari, yo‘llar va asfalt holati bilan bog‘liq.
Avvalroq Kursiv toshkentliklarning murojaatlari yechilishi haqida yozgan edi.