Aloqabank foydani qariyb 608 mlrd so‘mga oshirdi
Aloqabankning sof foydasi 2023-yil yakuniga ko‘ra 607,6 mlrd so‘mga yetdi. Bu 2022-yilga nisbatan 166 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi KAP DEPO investitsiya kompaniyasi.
2024-yil fevral oyi boshida bankning kredit portfeli 10,1 trln so‘mni tashkil qildi. Yil davomida u 10,9 foizga o‘sdi. Muammoli kreditlar ulushi 2 foizdan 4,2 foizga oshdi.
Aloqabank 1994-yil kuzida O‘zbekiston hukumati qarori bilan tashkil etilgan. Respublika moliya tashkilotlarining 2023-yilning IV-choragidagi faoliyati reytingida mazkur bank o‘tgan chorakga nisbatan natijani bir pog‘onaga yaxshilagan holda sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Black Gold Industry News konchilik kompaniyasi Toshkentdagi sobiq Aloqabank ofisini 317 mlrd so‘mga sotib olgani haqida e’lon qilgan edi.