Bozorlardagi vaziyat: neft qimmatlashmoqda, kriptovalyutalar tushmoqda
Dushanba kuni jahon bozorlarida neft narxi taxminan 2 foizga oshdi. Bu so‘nggi to‘rt oydagi maksimal ko‘rsatkich, deb xabar berdi Reuters.
Brent neftining bir barreli narxi $86,89 (1,8 foizga o‘sgan), West Texas Intermediate (WTI) $82,72 (o‘sish 2,1 foiz) tashkil etdi.
Jurnalistlar xomashyo narxining oshishiga Saudiya Arabistoni va Iroqdan xomashyo eksporti kamaygani, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoydagi iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Trading Economics portali maʼlumotlariga koʻra, dushanba kuni oltin narxi bir untsiya uchun $2,15 ming darajasida barqarorlashdi. Investorlar ushbu investitsiya usulini geosiyosiy keskinlik sharoitida eng ishonchli deb bilishda davom etmoqdalar.
Haftaning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha xalqaro kriptovalyuta bozori «minusga tushdi»: Bitkoin (1,73 foizga) va efirium (3,48 foizga) kurslari pasaydi.
Dushanba kuni yetakchi fond birjalarining aksariyat indekslari ko‘tarildi. Istisno Britaniya fond birjasi FTSE 100 indeksi edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fond bozori haftani qanday yakunlagani haqida yozgan edi.