Gʻazoda ommaviy ocharchilik kuzatilishi mumkin — Reuters
Gʻazo sektorining baʼzi qismlarida oziq-ovqat taʼminoti kamayib bormoqda va zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatib, mintaqaga gumanitar yordam yetkazilmasa, aholi ochlikdan oʻlishi mumkin. Bu haqda Reuters nashri IPC maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.
IPC oziq-ovqat xavfsizligi bosqichlarining integratsiyalashgan tasnifidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) boʻlinmalari oʻz ishlarida aynan shunga tayanadi.
IPC maʼlumotlariga koʻra, Gʻazo shimolidagi aholining qariyb 70 foizi oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda. Agar bu holat davom etsa, har 10 ming kishidan ikki kishi har kuni ochlikdan oʻlishi mumkin.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, shu paytgacha 27 nafar bola va 3 nafar katta yoshli kishi aynan ochlikdan vafot edi.
«Oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha zudlik bilan siyosiy yechim va Gʻazo aholisiga insonparvarlik yordamini sezilarli darajada kengaytirish kerak», — deyiladi IPC xabarida.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, 1,1 millionga yaqin Gʻazo aholisi oziq-ovqat tanqisligini aziyat chekmoqda. Taxminan 300 ming kishi ochlikdan oʻlish ehtimoli bor.
Avvalroq «Kursiv» Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.