Mirziyoyev: Amir Temurning shaharlarni obodonlashtirish borasidagi ishlarini davom ettiramiz

eʼlon qilindi
Davlat rahbari Yoshlar bog‘iga ham ko‘chat o‘tqazdi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda Amir Temurning obodonlashtirish ishlari davom ettiriladi, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Buyuk bobolarimizga munosib bo‘lib, bu ishlarni qilayapmiz, – dedi davlat rahbari.

Davlat rahbari Toshkent shahrining Sergeli tumanida barpo etilayotgan «Yoshlar bog‘i»ga ham ko‘chat o‘tqazdi. Ko‘chat ekishda davlat idoralari, xorijiy elchilar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Birinchi bosqichda yoshlar bog‘iga sharq chinori, kashtan va boshqa turdagi daraxt va butalar ekiladi. Bu o’rmon va ekzotik zonalarni yaratadi. Bundan tashqari, unda gastronomik zonalar ochilib, amfiteatr barpo etiladi.

Madaniy-musiqiy tadbirlarni tashkil etish uchun platformalar yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, bog‘da sun’iy ko‘l va basseyn ham ochiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesish uchun jarima miqdori oshirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek