O‘zbekiston armiyasi mahalliy “Kamaz” yuk mashinalarini oldi
Nukus garnizoni harbiy qismlaridan biriga yangi «Kamaz» avtomashinalari topshirildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Texnika topshirish marosimida Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni general-mayor Farxodjon Shermatov ishtirok etdi.
Yuk mashinalari Samarqanddagi UzAuto Trailer korxonasida yig‘ilgan. Zavod 2019-yildan buyon Kamaz avtomobillarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi, deya ta’kidladi vazirlik.
2023-yil uchun PowerIndex reytingiga ko‘ra, O‘zbekistonda 5,5 mingdan ortiq zirhli mashinalar mavjud bo‘lib, ulardan 3,3 mingtasi jangovar tayyorgarlikda, respublika armiyasida 162 ta tank va 86 ta raketa-artilleriya tizimi ham xizmatda.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston jahon armiyalari reytingida uch pog‘onaga tushib ketganini e’lon qilgan edi.