O‘zbekiston Gambiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Diplomatlar 14-mart kuni qo‘shma kommyunike imzoladilar
                    
                            
O‘zbekiston Gambiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. 14-mart kuni Nyu-York shahrida O‘zR va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakillari Ulug‘bek Lapasov va Lamine Dibba tomonidan qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat diplomatlari o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga kelishib oldilar.
Gambiya O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 148-davlat bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida O‘zbekiston Beliz bilan ham diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
