Qum va suv. Orol dengizi Italiyalik fotografning obyektivida
Italiyalik fotograf Fabritsio Fortuna bir qator fotosuratlarini Orol dengizi muammosiga bag‘ishladi. «Kursiv» nashri ushbu ajoyib asarlarni baham ko‘rishga qaror qildi.
«Afsuski, 1980-yillardan boshlab sekin va toʻxtovsiz quriydi, uning ikkita (Orol – Tahrir) asosiy irmogʻi suvlari paxta yetishtirish uchun ishlatiladi», — deb yozadi Fortuna Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
«Ushbu suratda ko‘rganingizning hammasi bundan 20 yil avval suv ostida bo‘lgan, – deydi fotograf Orol dengizining qurib qolgan tubiga tashrif buyurgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fortuna Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoqida mashhur kemalar qabristoniga ham tashrif buyurdi.
“Bu dunyodagi to’rtinchi eng katta ko’l – Orol dengizidan qolgan. Men suratga olgan joy ko‘lning hozirgi sathidan kamida 60 yoki 70 metr balandlikda; bundan 30 yil avval suv men suratga olgan joydan ancha uzoq joyda ham bor edi», — ta’kidladi italiyalik fotograf.
«Ushbu fotosuratda siz ko’rgan hamma narsa, shu jumladan konus ham bir necha yil oldin suv ostida edi. Sayyoradagi eng katta ko‘llardan biri endi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi Fortuna.
Orol dengizi Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida joylashgan sobiq tuzli koʻldir. XX-asrning 60-yillaridan boshlab undagi suv hajmi tez pasaya boshladi. 1989-yilda dengiz ikki suv havzasiga – Shimoliy (Kichik) va Janubiy (Katta) Orolga bo‘lindi.
2023-yilda Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hokimiyati Shimoliy Orol dengizida suv sathi 48 sm ga ko‘tarilganini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Ekologiya vazirligi 2024-yil fevral oyi o‘rtalarida Orol dengizi tubiga o‘simliklar ekishni boshlagani haqida yozgan edi.