Rossiyada kon qulashi natijasida 13 kishi bilan aloqa uzilgan

eʼlon qilindi
Qulash “Pioner” metallurgiya zavodi konida sodir bo‘ldi
Foto: Rossiya FVV

Rossiyaning Amur viloyatidagi «Pioner» metallurgiya zavodi konida tosh qulashi sodir boʻldi. Mintaqada favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda «Kommersant» xabar bermoqda.

Mahalliy gubernator Vasiliy Orlovning soʻzlariga koʻra, vayronalar ostida 13 nafar konchi qolib ketgani va ular bilan hozircha hech qanday aloqasi yoʻqligini taʼkidladi.

«Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlar orasida amurliklar yoʻq, ular boshqa hududdan kelgan ishchilar boʻlgan. Tashkilot xodimlari konda boʻlgan odamlarning qarindoshlari bilan bogʻlanishga harakat qilmoqda», — deya Orlovning soʻzlarini keltirgan nashr.

Koʻchki 18-mart kuni mahalliy vaqt bilan 20:40 da sodir boʻlgan. Voqea joyiga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yetib kelgan.

Avvalroq «Kursiv» mart oyi boshida Tuvadagi elektr stansiyasida portlash yuz bergani va 20 ga yaqin odam jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek