Silk Avia Toshkentdan Buxoroga reyslarni kuniga ikki martagacha oshiradi
eʼlon qilindi
Parvozlar 21-martdan yo‘lga qo‘yiladi
Oʻzbekistonning Silk Avia aviakompaniyasi 21-martdan boshlab Toshkent va Buxoro oʻrtasidagi reyslar sonini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Navroʻz bayramidan boshlab kompaniya respublikaning ikki shahri oʻrtasida kuniga ikki marta – kunduzi va kechqurun parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya maʼlumotlariga koʻra, Toshkentdan Buxoroga parvozlar uchun chiptalar narxi 220 ming soʻmdan, ikki tomonga — 439 ming soʻmdan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyi oʻrtalarida mahalliy loukoster yangi ATR 72-600 samolyotini olgan edi.
Avvalroq «Kursiv» 21-martdan Air Samarkand Samarqanddan Istanbulga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.