Toshkentda milliy anʼanalar festivali boʻlib oʻtadi

eʼlon qilindi
Bayramda o‘n tonnalik sumalak tayyorlanadi.
Foto: Uzbektourism

Toshkentda Navroʻz bayrami munosabati bilan «MAKON FEST — 2024» III milliy sanʼat va anʼanalar festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi xabar berdi.

Tadbir Oʻzbekiston Milliy bogʻida boʻlib oʻtadi. Xalq sayillari va oʻyinlari, oʻzbek hunarmandlarining mahorat saboqlari, musiqa jamoalarining chiqishlari, yarmarka va modalar namoyishi rejalashtirilgan. Shuningdek, bayram davomida oʻn tonna ogʻirlikdagi sumalak tayyorlashni rejalashtirgan.

Festival 20-24 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Soʻnggi kuni tashrif buyuruvchilar gala-konsert va folklor jamoalari, badiiy hunarmandchilik ustalari, dizaynerlar va oshpazlarni taqdirlash marosimidan bahramand boʻlishadi.

Qolaversa, bayramda amerikalik, yevropalik, yaponiyalik, qozog‘istonlik, rossiyalik va ozarbayjonlik mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi Navroʻz dasturi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek