20-mart kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 20-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar bo‘lishi ehtimoli bor. Havo harorati 17-22 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, kechga yaqin yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 19-21 iliq, kechasi esa- 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ba‘zi joylarida bo‘ladi, ayrim joylarida esa kuchli bo‘lishi ehtimoli bor . Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 5-10 daraja iliq va kechasi 0-5 iliq bo‘ladi.       

Shuningdek