Alisher Qodirov universitetga kirmagan barcha bitiruvchilarni bir yillik armiyaga joʻnatish kerakligini taklif qildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uning fikricha, ta'limda radikal choralardan qochish kerak emas
Foto: parliament.gov.uz

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirmagan barcha maktab bitiruvchilarini bir yillik muddatli harbiy xizmatga jalb qilishni taklif qildi.

Bu haqda u Milliy gvardiya xodimlari 146,2 ming bola sababsiz maktabga kelmagani aniqlagani haqidagi xabarlar fonida taklif berdi. holat natijasida 124 ming ota-ona ogohlantirish oldi, yana 4 ming nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

«Agar tartib va masʼuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi», — dedi Qodirov.

Qodirovning fikricha, taʼlim masalalarida radikal choralardan qochmaslik kerak.

«Nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki butun jamiyat qoʻriqlashi kerak», — dedi deputat.

Avvalroq Qodirov Jinoyat kodeksida pornografiya tushunchasini kengaytirish kerakligi haqida fikr bildirgan edi.

Shuningdek