Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli davlatga aylanib, World Happiness Report reytingida 47-oʻrinni egalladi. Bu haqda BMTning Xalqaro baxt kuniga bagʻishlangan yillik hisobotida maʼlum qilindi.
Qozogʻiston mintaqada ikkinchi oʻrinni egallab, 49-oʻrindan joy oldi. Keyingi oʻrinlarda Rossiya (72-oʻrin). Qirgʻiziston (75-oʻrin), Tojikiston (88-oʻrin). MDH davlatlari orasida Armaniston eng yomon koʻrsatkich qayd etib, 82-oʻrindan joy oldi.
Finlyandiya, Daniya va Islandiya dunyodagi eng baxtli davlatlar, Afgʻoniston esa eng baxtsiz davlat boʻlib qolmoqda.
Hisobot jon boshiga yalpi ichki mahsulot, ijtimoiy himoya, shaxsiy erkinlik va toʻliq sogʻlom holatda yashagan yillar soni kabi omillarni hisobga olgan holda 143 mamlakatini qamrab oldi.
Maʼlumot uchun, World Happiness Report har yili 20 mart – Xalqaro baxt kuni arafasida eʼlon qilib boriladi. Ushbu sana 2012 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan
Oʻtgan yili Oʻzbekiston BMTning baxti hisobotida 53-oʻrindan 54-oʻringa tushib ketgan edi.