Havo sifati dunyoning bor-yoʻgʻi oʻnta davlatida standartlarga javob beradi — IQAir

eʼlon qilindi
Tojikiston atmosferasi eng iflos davlatlar qatoriga kirdi
Foto: Piqsels

Shveysariyaning IQAir kompaniyasi tadqiqotiga koʻra, dunyoning aksariyat mamlakatlari va shaharlarida havo sifati Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) standartlariga javob bermaydi. Bloomberg kompaniyaning 2023-yilgi hisoboti haqida xabar bergan edi.

Tadqiqotga koʻra, dunyoning faqat oʻnta mamlakati va shaharlarning 9 foizida zararli PM2.5 zarralari konsentratsiyasi JSST standartidan oshmagan. Havosi eng iflos 5 ta davlatga — Bangladesh, Pokiston, Hindiston, Tojikiston va Burkina-Faso kiradi.

PM2.5 ning eng past darajasi Puerto-Riko, Yangi Zelandiya, Islandiya, Finlyandiya va Estoniyada qayd etildi. Afrikaning bir qator davlatlari havoning ifloslanish darajasini aniqlash uchun yetarli maʼlumot taqdim etmagan.

IQAirning taʼkidlashicha, PM2.5 «boshqa ifloslantiruvchilarga qaraganda koʻproq odamni oʻlimga olib keladi». Bu yongʻinlar, chang boʻronlari va qazilmalarning yonishi paytida odamlarning oʻpkasiga kiradigan kichik, ammo xavfli zarralardir.

21-fevral kuni «Kursiv» Toshkent havosidagi PM2.5 miqdori meʼyordan 39 baravar oshib, Oʻzbekiston poytaxti havoning ifloslanishi boʻyicha jahon shaharlari reytingida birinchi oʻrinni egallagan edi.

Shuningdek