O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi
eʼlon qilindi
O‘zR rahbari tegishli kelishuvni ratifikatsiya qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon bilan energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Hujjat Lex.uz portalida mavjud.
Tomonlar 2023-yil avgust oyida energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan edi.
Bitimning bajarilishi uchun O‘zbekiston Energetika vazirligi mas’ul, nazoratni esa respublika hukumati rahbari Abdulla Aripov amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil avgust oyida Toshkent va Boku o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hujjatlar va media sohasida o‘zaro hamkorlik rejasi ham imzolangan edi.
Avvalroq «Kursiv» Bokuda O‘zbekiston savdo uyi ochilgani haqida yozgan edi.