Oʻzbekiston Vengriya bilan toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvni tasdiqladi

eʼlon qilindi
Hujjat O‘zbekiston respublikasi prezidenti tomonidan ratifikatsiya qilindi
Foto: Depositphotos

Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Vengriya bilan havo qatnovlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

Mamlakatlar poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi hujjat 2023-yil avgustida Budapeshtda imzolangan edi. Hujjatning ijrosi Oʻzbekiston Transport vazirligiga yuklatildi, nazoratni esa bosh vazir Abdulla Aripov amalga oshiradi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi 2023-yil avgust oyidan boshlab Toshkentdan Budapeshtga haftasiga bir marta parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Oʻmmon sultonligi bilan toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga quyishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek