Navroʻz bayrami dasturxonini bezatish oʻrtacha necha pulga tushadi

eʼlon qilindi
"Kursiv" 10 kishi uchun xarajatlarni hisoblab chiqdi
Foto: kovalnadiya.ukr.net / depositphotos.com

Yangilanish bayrami boʻlmish — Navroʻz turkiy va fors mamlakatlarida keng tantana va katta tayyorgarlik bilan nishonlanadi. Yurtimizda ham bu bayramga oʻzgacha tayyorlik koʻriladi. Respublikaning har bir hududida oʻziga xos anʼanalar bilan nishonlanadi. Har xil tansiq taomlar-u oʻyin kulgilar tashkil qilinadi. Shu munosabat bilan «Kursiv» oʻzbekistonliklar uchun 10 kishiga moʻljallangan bayram dasturxoni necha pulga tushishini hisoblab chiqdi.

Xalqimiz «oʻldirsa ham, osh oʻldirsin», deganidek bayram dasturxonimizni oshsiz tasavvur qilish qiyin. 10 kishi uchun moʻljallangan oshga kerak boʻladigan masalliqlar va ularning narxlari:

2 kg mol yoki qoʻy goʻshti — 180 ming soʻm;

1 litr oʻsimlik yogʻ — 22 ming soʻm;

2 kg lazer guruchi — 44 ming soʻm;

Sabzi 2 kg, piyoz 4 dona, 4 bosh sarimsoq piyoz va ziravorlarning umumiy narxi — 45 ming soʻmga aylanadi.

Shuningdek, bayram dasturxoniga oʻzgacha koʻrk qoʻshadigan bahoriy taomlardan bir — koʻk somsa hisoblandi. Taomga ketadigan masalliqlar va ularning narxlari quyidagicha:

1 kg un — 12 ming soʻm;

3 bogʻ ismaloq, 2 bogʻ jagʻ-jagʻ va 100 gr yalpizning umumiy narxi — 25 ming soʻm;

200 gr dumba yogʻi — 20 ming soʻm;

200 gr margarin — 15 ming soʻm;

4 dona piyoz va 1 dona tuxum — 2 ming so‘m.

Mashhur bahoriy taomlardan yana biri sumalak boʻlib, oʻlkamizga koʻklam nafasi kelishi bilan tayyorlana boshlanadi. Hozirgi kunda poytaxt bozorlarida 200 gramm sumalak narxi 15 ming soʻmni tashkil qiladi. 10 kishilik dasturxonimiz uchun 400 gr yetarli boʻladi. Umuman koʻp hollarda, sumalak uyda yoki jamoa bilan tayyorlanishini hisobga olsak, undan ham arzonroqqa tushishi mumkin.

Shuningdek, bayram dasturxoni uchun xarid qilishini mumkin boʻlgan Xandon pista va bodomning bir kilogrammni 140 mingdan, fundukni ham shu narxda sotib olish mumkin.

Salqin ichimliklarga keladigan boʻlsak, 120 ming soʻmni tashkil qiladi. Bayram shirinliklari: Tort, pishir va konfetlarni oʻrtacha hisobda 250 ming soʻmga sotib olish mumkin. 10 ta patir non esa 50 ming soʻmga aylanadi.

Bayram dasturxoni uchun meva va sabzavotlar narxi:

2 kg olma — 50 ming soʻm;

1 kg banan — 23 ming soʻm;

2 kg mandarin — 42 ming soʻm;

1 kg kiki — 25 ming soʻm;

1 kg pomidor — 30 ming soʻm;

1 kg bodring — 30 ming soʻm.

Umumiy hisobda 10 kishiga moʻljallangan bayram dasturxoni 1 mln 435 ming soʻmni tashkil qildi. Narxlar Toshkentdagi oʻrtacha narx-navodan kelib chiqib belgilandi.

Shuningdek