“Oʻzbekneftgaz”ning yillik foydasi 50 foizdan koʻproqqa qisqardi
«Oʻzbekneftgaz» AJ 2023-yilni 611,6 milliard soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2022-yilga nisbatan 52,6 foizga kamdir. Bu haqda KAP DEPO investitsiya kompaniyasi xabar bermoqda.
Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha daromadlar 14,7 trillion soʻmni tashkil etib, yillik oʻsish 11,2 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, kompaniya uzoq muddatli bank kreditlari hajmini 18 trillion soʻmdan 17,6 trillion soʻmga qisqartirdi. Qisqa muddatli kreditlar esa 746,8 milliard soʻmdan 2,2 trillion soʻmga oshdi.
Joriy yilda «Oʻzbekneftgaz» gaz sanoatiga $320 million sarmoya kiritishni va 29,3 milliard kubometr gaz ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Eski neft quduqlar tiklanib, yangilari qazilishi kutilmoqda.
Bu ishlarda mahalliy va xorijiy neft-gaz korxonalari – Lukoyl, Saneg va boshqalar kompaniyalar ishtirok etadi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning birinchi choragida «Oʻzbekneftgaz» 254,1 million jalb etishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.