Yangiliklar

Pensiyalarni oshirishda nimalar hisobga olinishi maʼlum boʻldi

Prezident tegishli qonunni imzoladi
Foto: Skorzewiak / www.depositphotos.com

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha normalarga o‘zgartirishlar kiritiladigan qonunni imzoladi. Hujjatda respublikada pensiyalar necha foizga oshishi aytilgan.

Endi eng kam pensiya minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lishi mumkin emas. To‘lovlar hajmi mamlakatda tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘sish sur‘atlarini hisobga olgan holda oshirilishi lozim.

Qonunda, shuningdek, hisoblangan, lekin talab qilinmagan pensiyalarni to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha oshirilganligi ham qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda nafaqa barcha ayollarga faqat birinchi farzandi tug‘ilgandagina to‘lanishi haqida yozgan edi. Boshqa hollarda, hamma ham to’lovlarni olish huquqiga ega emas.