Saudiya Arabistoni sun’iy intellektni rivojlantirishga $40 mlrd sarmoya kiritadi

eʼlon qilindi
SI uchun maxsus fond tuziladi.
Rasm: Pixabay

Saudiya Arabistoni hukumati sun’iy intellektni (SI) rivojlantirishga sarmoya kiritish uchun fond yaratishni rejalashtirmoqda. Mamlakat jahon texnologiya bozorida asosiy o‘yinchiga aylanishni istamoqda, deb yozadi The New York Times.

Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasi Silikon vodiysidagi eng yaxshi venchur firma Andreessen Horowitz bilan SI bo‘yicha potensial hamkorlikni muhokama qildi, deya xabar beradi uchta OAV manbasi. Bir qator boshqa moliyaviy firmalar bilan ham muzokaralar olib borildi.

Mamlakatning yaqinlashib kelayotgan texnologik fondi Saudiya Arabistonini sun’iy intellekt bo‘yicha dunyodagi eng yirik sarmoyadorga aylantiradi. Ushbu maqsadlar uchun $40 mlrd ajratish rejalashtirilgan.Bu sohaning amaldagi yetakchisi Yaponiya SoftBankidan ko‘proqdir.

 «Nyu-York Tayms»ning ta’kidlashicha, neftga boy Saudiya Arabistoni shu tariqa o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishga va o‘zini nufuzli geosiyosiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Rossiya sun’iy intellekt xizmatlari hajmini besh baravar oshirmoqchi ekanligini xabar qilgan edi.

Shuningdek