Yangiliklar

Sirdaryodagi korxona 72 million so‘mlik suvni noqonuniy sarfladi

“O‘zsuvta’minot” korxonasi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

Sirdaryo viloyatidagi mebel korxonasi 72 million so‘mlik ichimlik suvini noqonuniy sarfladi, deb xabar berdi «O‘zsuvta’minot».

Reyd davomida korxonada o‘rnatilgan suv hisoblagichi nosoz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunga qadar korxonadan yetkazilgan umumiy zararning 25 million so‘mi undirildi.

Xuddi shunday qoidabuzarlik Guliston shahridagi ko‘zi ojizlar kutubxonasida ham aniqlangan. Bunda yetkazilgan zarar miqdori 116 million so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston Ekologik partiyasi yomg‘ir suvidan qisman foydalanishga o‘tishni taklif qilgani haqida yozgan edi.