Dam olish kunlari qaysi banklardan dollar sotib olsa boʻladi
eʼlon qilindi
21-24-mart kunlari
Navroʻz bayrami munosabati bilan Oʻzbekistonda 21-24-mart kunlari dam olish kunlari etib belgilangan. Shu sababdan aholiga qulaylik yaratish uchun respublikaning 24 ta bankida valyuta ayirboshlash va pul oʻtkazmalari shoxobchalari ishlari yoʻlga qoʻyildi, deb xabar bermoqda Markaziy banki matbuot xizmati.
Dam olish kunlari quyidagi banklarda valyuta ayirboshlash imkoniyati mavjud:
— «Biznesni rivojlantirish banki» ATB
— Agrobank
— Mkbank
— Octobank
— Davrbank
Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali ham valyuta ayirboshlash imkoniyatlari mavjud.