Oʻzbekiston 2024-yilning dastlabki ikki oyida $150 mlnlik meva-sabzavot eksport qildi
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga qiymati $151mlnni tashkil qilgan 251,2 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Mahsulotlarning asosiy eksport bozorlari — Pokiston 26,6 foiz, Rossiya 26,6 foiz, Qozogʻiston 9,1 foiz va Xitoy 9 foiz davlatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Eksport hajmi 2023-yilning mos davriga nisbatdan 1,9 martaga yoki 115,5 ming tonnaga oshgan.
Eksport qilingan meva-sabzavotlar joriy yil yanvar-fevral oylaridagi umumiy eksport hajmining 4,1 foizini tashkil qiladi.
Mamlakatning meva-sabzavot ekspotini oshirish uchun prezidenti farmoni bilan 2024-yil 1-martdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga moliyaviy yordam ko‘rsatilinishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston 2024-yilning yakuniga qadar eksport hajmini 1,5 baravar oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.