Oʻzbekiston eng koʻp qaysi mamlakatlar bilan savdo aylanmasini yoʻlga qoʻygan
eʼlon qilindi
2024-yilning yanvar-fevral oylariga ko‘ra
Oʻzbekiston respublikasining 2024-yilning yanvar-fevral oylarida tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar e’lon qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Xitoy $2,1 mlrd bilan birinchi oʻrinni egallab, O‘zbekistoning umumiy savdo aylanmasining 21,5 foiz ulushiga ega chiqdi. Keyingi oʻrinlarda Rossiya — $1,7 mlrd, Qozogʻiston – $581,8 mln, Turkiya – $435,5 mln bilan joy olgan.
Shuningdek, Koreya – $368,8 mln, Fransiya – $191 mln, Turkmaniston – $184,6 mln, Germaniya – $174,3 mln mamlakatlari bilan ham yaxshi savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston 2024-yil yakunlariga qadar eksport hajmini $25 mlrdga oshirshni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.