Oʻzbekistonda mayning-pul faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar belgilandi
Oʻzbekistonda mayning-pul faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentlik (ILMA) xabar bermoqda.
Bu haqdagi buyruq «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonun hamda raqamli iqtisodiyot va kriptovalyuta sohasidagi boshqa meʼyoriy hujjatlarga muvofiq agentlik direktori Dmitriy Li tomonidan imzolandi.
Hujjatda milliy va xorijiy maynerlar bilan munosabatlarni oʻrnatish, mayning-pul ishtirokchilari daromadlarini taqsimlash va mayning-pul ishtirokchilari reyestrini yuritish talablarini belgilaydi.
«Ushbu hujjatning qabul qilinishi, shubhasiz, bugungi kunda Oʻzbekiston respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik bazasi toʻliq shakllanganligidan dalolat beradi», — deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda bukmekerlar qonuniylashtirilishi haqida xabar bergan edi.