Rossiyaning SalamPay toʻlov xizmati oʻzbekiston, tojikiston va ozarbayjonlik mijozlarga Kivi Bank litsenziyasi bekor qilingani sababli toʻxtab qolgan pul oʻtkazmalari uchun kompensatsiya toʻlab beradi. Bu haqda «Vedomosti» xabar bermoqda.
«Biz koʻplab mijozlar oʻz mablagʻlarini olish uchun barcha byurokratiyadan oʻtish, jumladan, koʻplab arizalarni toʻldirish juda qiyin boʻlishini tushunamiz. Shuning uchun biz foydalanuvchilar tomonidan qoʻshimcha tartib-qoidalar talab qilmasdan mablagʻlarni toʻlaymiz», — dedi toʻlov xizmati bosh direktor Timur Mantashev.
Kivi Bankning likvidatsiyasi sabab umumiy hisobda 18 million rubl yoʻqotgan, xizmatning 600 nafar mijoziga taʼsir koʻrsatdi.
SalamPay sud qarorini kutmasdan barcha zararni oʻzining zaxira fondidan qoplaydi.
Maʼlumot uchun, SalamPay Rossiyaning pul koʻchirish servisi boʻlib, uning yordamida Rossiya federatsiyasida ishlayotgan mehnat muhojirlari oʻz uylariga pul joʻnatadi. Xizmat RNKO «yagona kassa» operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida ishlaydi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi ayrim banklar Contact pul oʻtkazish tizimi bilan ishlashni toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.