Toshkentda Navro‘z qanday nishonlandi – fotoreportaj
eʼlon qilindi
Poytaxtimizning ko‘plab istirohat bog‘larida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi
21-mart kuni Toshkent shahrining ko‘plab markaziy istirohat bog‘larida Navro‘z bayrami nishonlandi. «Kursiv» fotomuxbiri Roman Fedotov bayram tadbirlarining eng qiziqarli fotosuratlarini to’pladi.
Magic City bog‘ida tashrif buyuruvchilar favvoralar, musiqa va raqs shoulari bilan zavqlanishdi. Bog’da bolalar uchun sport o’yinlari ham o’tkazildi.
Tashkent City Mall’da dam oluvchilar milliy o‘zbek musiqalari bilan kutib olindi. Savdo markaziga kiraverishda sumalak pishirilayotgan edi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun raqs va akrobatik tomoshalar tashkil etildi.