Antistrumin ishlab chiqaruvchisining litsenziyasi to’xtatildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Preparat bolalarning ommaviy zaharlanishiga olib kelgan edi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda Antistrumin ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan «Samo» MChJ litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi. Avvalroq Namanganda ushbu dori bilan zaharlanish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi, deb xabar berdi Uzfarmcontrol.

Korxonada o‘tkazilgan tekshirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, MChJ qonunni buzgan. Shuning uchun 2023-yil dekabr oyida litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo qo‘zg‘atildi. 19-yanvar kuni sudlanuvchining iltimosiga binoan sud jarayoni to‘xtatildi. Bunga Namanganda zaharlanish bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sabab bo‘ldi.

«Aholining hayoti hamda sog‘ligi uchun tahdid yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining yuqoridagi iqtisodiy ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar “Samo» MCHJning litsenziyasini to‘xtatib turish to‘g‘risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan iltimosnomasi sudning tegishli ajrimiga muvofiq qanoatlantirdi”, — deyiladi Uzfarmcontrol xabarida.

O‘tgan yilning sentabr oyida bolalarning ommaviy zaharlanishi Antistrumin preparatining haddan tashqari dozasi bilan bog‘liqligi avvalroq ma’lum qilingan edi.

Shuningdek