Epitsentri Tojikistonda boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Yer silkinishini poytaxt va viloyatlar aholisi his qildi
Foto: selim123/Depositphotos

22-mart kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi, yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmik prognozlar monitoringi markazi.

Yer silkinishlari Toshkent vaqti bilan 08:47 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,4 ni tashkil etdi. Zilzila punktidan O‘zbekiston poytaxtigacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 313 km.

Yerosti silkinishlarining kuchi Farg‘ona viloyatida 3 ball, Andijon va Namanganda 2-3 ball, Sirdaryoda 2 ball, Toshkent shahrida 2 ballni tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Tojikistonda 18 mart kuni yuz bergan zilzila haqida yozgan edi.

Shuningdek