Yangiliklar

Kuchli sel surxondaryoliklarning uylarini vayron qildi

Viloyatning 360 nafar aholisi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi
Foto: Uzb Meteo

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida sel oqimi aholining uylarini vayron qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Bunga, kuchli yog‘ingarchilik tufayli Azlarsoy soyining toshib ketishi sabab bo‘ldi.

Viloyat hokimligidan ma’lum qilishlaricha, «Elobod» va «Azlarsoy» mahallalaridagi 100 dan ortiq xonadonning hovlisiga yomg‘ir suvi to‘lgan.

360 nafar aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi. Toshqin oqibatida hech kim jabrlanmadi, deya aniqlik kiritdi viloyat hokimligi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/03/video_2024-03-22_15-24-11.mp4
Video: Uzb Meteo