Moskva viloyatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Fuqarolarga zarur hollarda qayerga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi tushuntirildi
Foto: Brief

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi savdo markazida sodir bo‘lgan otishma natijasida respublika fuqarolari jabrlangani haqida xabar kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Agar kerak bo’lsa, fuqarolar quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilishlari mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76. Elektron pochta manzillari: uzkorus@mail.ru.

«O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Moskva viloyatidagi Crocus City Hall savdo markazida ro‘y bergan portlash va otishma oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani, natijada tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u hissi bilan qabul qildi«, – deyiladi elchixona bayonotida.

Avvalroq «Kursiv» Moskvadagi otishma natijasida kamida 40 kishi halok bo‘lganini yozgan edi.

Shuningdek