
Moskva yaqinidagi Crocus City Hallʼdagi teraktda gumonlanib ushlangan shaxslardan biri soʻroq qilindi.
Gumondor 4-mart kuni Turkiyadan uchib kelganini aytib, terakt uchun unga 500 ming rubl ($5,5 ming atrofida) taklif qilinganini taʼkidlagan.
Kadrda erkak oʻzini Fariddun Shamsutdin deb tanishtirgan, shuningdek, 1998-yilda tugʻilgan ekanini aytgan. Unga zaldagi barcha odamlarni oʻldirish topshirigʻi berilganini qayd etgan.
Avvalroq «Kursiv» Tojikiston oʻz fuqarolarini Moskva viloyatidagi teraktga aloqadorligini rad etgani haqida xabar bergan edi.