Moskvadagi Terakt natijasida halok boʻlganlar soni 93 nafarga yetdi

eʼlon qilindi
11 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Foto: Brief

Crocus City Hallʼda sodir etilgan terakt yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, ayni paytda qurbonlar soni 93 nafarga yetgani aytilmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qoʻmitasi xabar bermoqda.

Tergovchilar, kriminologlar va Rossiya Tergov qoʻmitasi ekspertlaridan iborat tergov guruhi jinoyat ishi boʻyicha tergovning batafsil rejasiga muvofiq voqea joyida faoliyatini davom ettirmoqda.

«Ayni paytda qurbonlar soni 93 kishi ekanligi aniqlangan. Oʻlganlar soni yanada ortishi mumkin. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻlimga oʻq jarohatlari va yonish sabab boʻlgan», — deyiladi xabarda.

Hozircha Sogʻliqni saqlash vazirligi teraktda halok boʻlgan 41 nafar shaxsning ism — sharifini aniqladi.

Teraktda gumonlanib, jami 11 kishi qoʻlga olingan — ulardan 4 nafari bevosita Crocus City Hallʼdagi hujumda ishtirok etgan.

Avvalroq teraktda gumon qilingan shaxslar Tojikiston fuqarolari ekanligi haqida xabar berilgan edi. Lekin Tojikiston TIV respublika fuqarolarining teraktga aloqadorligi haqida Rossiya tomonidan rasmiy xabar olmagani haqida bayonot berdi.

Shuningdek