Yangiliklar

Putin Moskvadagi teraktga izoh berdi va Rossiyada motam kuni deb eʼlon qildi

Ular uchun Ukraina tomonida davlat chegarasini kesib oʻtish uchun darcha tayyorlangan
Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati Crocus City Hallʼdagi teraktdan soʻng rossiyaliklarga murojaat qildi.

Ular (terrorchilar) qochishga urinib, Ukraina tomon harakatlanishgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ular uchun Ukraina tomonida davlat chegarasini kesib oʻtish uchun darcha tayyorlangan, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

«Ushbu jinoyatning barcha aybdorlari, tashkilotchilari va buyurtmachilari adolatli va muqarrar jazoga tortiladi. Ular kim boʻlishidan qatʼi nazar, kim yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan boʻlishidan qatʼi nazar, biz hammani aniqlaymiz va jazolaymiz», — dedi Putin.

Terakt uyushtirganlikda gumon qilinib, jami 11 kishi qoʻlga olindi, ulardan toʻrt nafari bevosita jinoyatchilar.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, vafot etganlar soni 143 nafarga yetgani aytilmoqda.