Qaysi banklardan dollarni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin
eʼlon qilindi
Ayni vaqtda Amerika valyutasining o‘rtacha qiymati 12 575 so‘mni tashkil qilmoqda
Bugun, 23-mart kuni soat 10:40 holatiga koʻra, dollar xarid qilish uchun eng qulay kurslar Ziraatbank, Asakabank va Kapitalbankda belgilandi. Bu haqda Bank.uz xabar bermoqda.
Ziraatbank va Asakabankda Amerika valyutasini 12 565 soʻmdan, Kapitalbankda boʻlsa, 12 570 soʻmdan xarid qilish mumkin.
Amerika valyutasini sotish uchun eng yaxshi kurs boʻlsa, Uzum bank — 12 535 soʻmdan, shuningdek, Oʻzmilliybank va MKBank — 12 530 soʻmdan sotish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Navroʻz munosabati bilan tashkil qilingan dam olish kunlarida qaysi tijorat banklaridan valyuta ayirboshlash mumkinligi haqida xabar bergan edi.