Yangiliklar

Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Qonunga xilof ravishda qurol saqlagani uchun
Foto: Ijtimoiy tarmoqlardan

«Salimboy» nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev olti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda OAV.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Abduvaliyev noqonuniy qurol saqlagani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan.

Eslatib oʻtamiz, «Salimboy» oʻtgan yilning dekabr oyi boshida noqonuniy qurol saqlagani uchun qoʻlga olingan edi.

Avvalroq «Kursiv» Salim Abduvaliyevning tarjimai holi haqida material tayyorlagan edi.