Asiana Airlines Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

Janubiy Koreyaning Asiana Airlines aviakompaniyasi may oyida Toshkent va Seul o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uchtadan to‘rttagacha oshiradi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
25-martdan boshlab Asiana Airlines aviakompaniyasida ekonom-klassdagi aviachiptalar narxi 11,5 million so‘mdan boshlanadi.
Aviakompaniya, shuningdek, Olmaota va Seul o‘rtasidagi reyslar sonini haftasiga uchtadan beshtagacha oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning yana bir aviatashuvchisi – Korean Air 2024-yil 1-martdan O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatdi. Bunga aviachiptalar sotuvining pasayishi va kompaniya siyosatining o‘zgarishi sabab bo‘lgan.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways 7-apreldan Toshkentdan Londonga qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘yadi, deb yozgan edi.