Britaniya investitsiya fondi O‘zbekistonda fintechni rivojlantirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Loyihalar SBI Ventures Asset Pte. Ltd. bilan birgalikda amalga oshiriladi
Foto: Unsplash

Britaniyaning Sturgeon Capital investitsiya fondi SBI Ventures Asset Pte. Ltd. bilan birgalikda O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida fintechni rivojlantirish niyatida. Bu haqda tashkilot saytida aytilgan.

Tomonlar mintaqada, xususan, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlikni e’lon qildi. Shunisi e’tiborga loyiqki, SBI Ventures Asset Yaponiyaning SBI Group kompaniyalari moliyaviy guruhi tarkibiga kiradi.

Sturgeon Capital kompaniyasi 2016-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi Londonda joylashgan. Jamg‘arma Markaziy Osiyo mamlakatlariga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan.

Bundan tashqari, Sturgeon Capital Bangladesh, Misr va Pokiston, Armaniston va boshqa mamlakatlarga faol sarmoya kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Rossiya sarmoya fondi tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek