Buxorodagi zavodda quyosh stansiyasi ishga tushirildi
eʼlon qilindi
Uning quvvati 3,5 megavattni tashkil qiladi
Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodida quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Energetika vazirligi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, elektr stansiyasining quvvati 3,5 megavattni tashkil qiladi. Ob’ekt ishga tushirilishi bilan korxona tomonidan kuniga iste’mol qilinadigan elektr energiyasining 20 foizi qayta tiklanadigan manbalar hisobidan qoplanadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattgacha oshirish rejalashtirilayotganini yozgan edi.