O‘zbekistonda taksi bozorining o‘sishi ikki yillik tezlashuvdan keyin sekinlashmoqda

eʼlon qilindi
2023-yilda daromad 30 foizga o'sdi
Foto: Unsplash

Statista tahliliga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda taksi operatorlarining daromadi $63,16 mln tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 30,4 foizga ko‘pdir.

2020-yilda 19,9 foizga pasayganidan keyin bozor 33,5 foizga, 2021-yilda esa 39,5 foizga oshdi. Ushbu o’sish keyingi 4 yil ichida yillik 17,15% darajasida davom etishi kutilmoqda, natijada 2028-yilga kelib bozor hajmi $141,10 mln tashkil qiladi.

ARPU (mijoz boshiga o‘rtacha daromad) 2023-yilda 30 foizga, ya’ni 13,63 dollardan 17,9 dollargacha o‘sdi. 2028-yilga kelib, ARPU 41,35 dollarga yetishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, taksidan foydalanuvchilar soni 3,55 million kishidan 3,53 million kishiga kamaydi va bundan keyin ham qisqarishda davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, respublikadagi taksi bozorining 86,3 foizini Yandex Go egallagan.

Shuningdek